Bugun Genomika va bioinformatika markazida "GMOdan foydalanishda davlat tartibi" mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) ning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va atrof-muhitga ta’siri yuzasidan foydali ma’lumotlar berib o’tildi. Shuningdek, seminar qatnashchilari davlatning GMOdan foydalanish bo‘yicha qoidalari va tartiblarini chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar.