GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA MARKAZIGA ROSSIYA FEDERATSIYASI QOZON FEDERAL UNIVERSITETI DELEGASYASINING TASHRIFI.
21-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining Qozon (Volga o‘lkasi) Federal universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Tayurskiy Dmitriy Albertovich boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markaziga tashrif buyurdi. Delegatsiya Genomika va bioinformatika markazi faoliyati, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, erishilayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif chog‘ida genomika va bioinformatika sohasidagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, respublikada omiks texnologiyalarini rivojlantirish uchun kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar muvaffaqiyatli hamkorlik uchun asos bo‘ladigan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.