Genomika va bioinformatika markazida Molekulyar markerlar haqida Ilmiy seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda markaz izlanuvchilari tomonidan molekulyar markerlarning ahamiyati, ularning qishloq xo‘jaligi va tibbiyotdagi qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, genetik tadqiqotlar va seleksiya jarayonlarida molekulyar markerlarning roliga urg‘u berildi.
Seminar davomida yangi texnologiyalar va ularning amaliyotdagi qo‘llanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Undan tashqari seminar qatnashchilari o’zlarining ilmiy tajribalar va natijalarini o’zaro baham ko‘rishdi.