Genomika va bioinformatika markazida “Метод ВЭЖХ в исследовании биохимии растений” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar o‘simlik biokimyosini tadqiq qilishda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan yuqori bosimli suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) metodining nazariyasi va amaliyotini chuqurroq tushunish imkonini berdi.Seminar davomida HPLC metodining asoslari va prinsiplari, O‘simlik biokimyosida HPLC metodining qo‘llanilishi, haqida amaliy misollar bilan ma’lumotlar berildi.
Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘z savollari bilan faol qatnashib, mavzuga oid muhim masalalarni muhokama qilishdi.