Genomika va bioinformatika markazi delegatsiyasi Xitoyda bo'lib bo'lib o'tgan forum va simpoziumda ishtirok etdi.
Genomika va bioinformatika markazi direktori boshchiligidagi delegatsiyamiz 16-18-oktyabr kunlari Xitoy davlatining Pekin shaxrida bo'lib o'tgan 2024-ABC simpoziumi hamda "The 9th Big Data Forum for Life and Health Sciences" nomli forumda ishtirok etib qaytdi.
Ushbu simpoziumda butun genom va transkriptom ketma-ketligi, epigenomika va shu kabi muhim mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, Genomika va bioinformatika markazi bilan ASU va Xitoy Bioinformatika milliy markazlari o'rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu Memorandum talabalarni almashish va bioinformatika asosida qo'shma loyihalarni amalga oshirishni o'z ichiga olgan.