Bugun Genomika va bioinformatika markazining katta majlislar zalida “Introduction to Gene Editing Technologies” mavzusida ilmiy seminar bo'lib o'tdi. Seminar davomida Gen tahrirlash texnologiyalarining tarixi, ularning bir-biridan farqlari yuzasidan fikrlar bildirildi. Seminar ayniqsa, CRISPR-Cas9ning ilg'or texnologiyasi, genlarni tahrirlashning evolyutsiyasi, joriy yutuqlari va kelajakdagi istiqbollari bo'yicha savollar va o'zaro tahliliy muhokamalarga boy bo'ldi.