O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kimyo va biologiya sohasida uzluksiz ta'lim sifati va ilmiy samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PP-4805-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O'zR FA Genomika va bioinformatika markazida nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish, ularni qishloq xo'jaligida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish, tegishli amaliy, kasbiy va amaliy ko'nikmalarni shakllantirish bo’yicha Toshkent davlat agrar universiteti magistrlari uchun ilmiy amaliyotlar o'tkazildi.