Ayni damda Genomika va bioinformatika markazi direktori, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zosi b.f.d., professor Zabardast Bo’riev O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vaziri akademik Ibrohim Abdurahmonov hamda kengash a’zolari bilan birgalikda Andijonga tashrifi davomida Bo‘ston tumanida joylashgan "Bo‘z ipak yo‘li" fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi.
Safar davomida fermer xo’jaliklari va klaster rahbarlariga g’o’zaning vegetatsiya davrida amalga oshirilishi lozim bo’lgan tavsiyalar berildi.