Amerikaning MChJ «SILVERLEAFE» kompaniyasi O'zbekistonda zamonaviy agroklaster modelini ishlab chiqmoqda
2018 yilda Amerikaning Silverleafe International kompaniyasi vakillari prezident Shavkat Mirziyoev ma'muriyati o'tkazayotgan islohotlarda ishtirok etish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishdi. 70- va 90-yillarda ham Silverleafe rahbariyatining keksa avlod vakillari mamlakat bilan uzviy munosabatlarni o'rnatishgan. Bu omil O'zbekistonda ish olib borish masalasida oilaviy kengashda tezgina bir fikrga kelishga yordam berdi – O'zbekiston hukumatining taklifini qabul qilishga, agrar soha modernizatsiyasi jarayonida ishtirok etish, dala, chuqur qayta ishlash va xalqaro bozorga chiqish kabi muhim bosqichlarni qamrab oladigan vertikal-integratsion jarayonga o'z investitsiyalari va tajribasi bilan ishtirok etishga qaror qilishdi. Loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy hamkorlar bilan birga «Silverleafe» MChJ qo'shma korxonasi tashkil etildi. Hukumat qo'shma korxona balansiga Jizzax viloyati, Paxtakor tumanidan er ajratib berdi.
Batafsil ma`lumot uchun:
kun.uz