Agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri olib borilishi samaradorlik garovi demak
Bugun sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijadorligi bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Bo’riev hamda kengash aʼzolari tashrif dasturiga muvofiq To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Baxtiyor Ne’mat Shavkat” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi.
Ayni paytda unib chiqqan g‘o‘zalarda birinchi hamda ikkinchi ko‘saklar paydo bo‘lgan. Fermerning aytishicha, 70 gektar maydon ikki qismga ajratilgan hamda tajriba tariqasida bir tomonga 90 sxemada chigit qadalgan bo‘lsa, boshqa qismida esa qo‘sh qator qilib 76 sxemada baraka urug‘lari ekilgan.