7 oktyabr kuni Paxta bo'yicha xalqaro maslahat qo'mitasi (ICAC) hamda Xalqaro paxtachilik bo'yicha tadqiqotchilar uyushmasi (ICRA) tomonidan«paxta vebinarlari» o'z ishini boshladi. Mazkur vebinarlarning dastlabkisida O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov «Paxtachilik ilm-fani va texnologiyalaridagi tub o'zgarishlar» mavzusida taqdimot o'tkazdi. I. Abdurahmonov o'z taqdimotini global pandemiya tufayli sog'liqni saqlash tizimi, iqtisodiyot, tilmiy tadqiqotlar, ta'lim tizimi, oziq-ovqat xavfsizligida yuzaga kelgan o'zgarishlar ro'y bergani haqidagi fikrlari bilan boshladi. Oziq-ovqat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish, ayniqsa, iqlim o'zgarishining noaniqligi jamiyat uchun dolzarb masalalar hisoblanadi. Prognozlarga ko'ra, iqlim o'zgarishi o'simlik fiziologik metabolizmi, tuproq unumdorligi va uglerod bog'lanishini demakki, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni cheklaydi.