2020 yil 16 – 18 sentyabr kunlari Innovatsiya rivojlantirish vazirligining yangi binosida ilmiy tashkilotlarning qishloq xo'jaligi sohasida tijoratlashtirishga taklif etilayotgan loyihalar yarmarkasi bo'lib o'tdi. Ushbu yarmarkada Genomika va bioinformatika markazi quidagi ishlanmalar bilan qatnashdi:
1. "G'o'zaning vilt kasalliklariga chidamli biotexnologik navlarini olish".
2. "Markerlarga asoslangan selektsiya (MAS) - bu yangi va yukori sifatli g'o'za navlarini yaratishning tezlashtirilgan va samarali teksnologiyasi".
3. "Bug'doyda (Triticum aestivum L.) PHY A 1 genining RNA—interferentsiyasi texnologiyasi yordamida xosildorligi yuqori bo'lgan yangi biotexnologik liniyalar yaratish."
4. "Gen-nokaut texnologiyasi yordamida agronomik xususiyatlari yaxshilangan kartoshkaning (Solanum tuberosum L.) yangi biotexnologik navlari."