23-iyun kuni O`zR FAda "Yilning eng faol mutaxassisi" tanlovining "Eng faol yosh olimi" nominatsiyasi bo`yicha Toshkent viloyat va shahar bosqichi bo`lib o`tdi. Unda markazning Strukturaviy va funksional genomika laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Ayubov Mirzakamol ishtirok etib, Toshkent viloyat bo`yicha faxriy birinchi o`rinni egalladi va Respublika bosqichga yollanma qo`lga kiritdi. Sovrundorlarni taqdirlash marosimi 28 iyun kuni bo`lib o`tadi.