O‘simlik moddalari kimyosi institutida 300 dan ortiq kishi ishlab kelmoqda. Shundan 10 ga yaqin professor, 20 nafardan ortiq fan doktorlari, 30 dan ortiq fan nomzodlari yosh shogirdlarga kimyo ilmidan o‘z bilimlarini ulashib kelmoqda. Institutimizda “Allapinin”, “Ekdisten”, “Kufestrol”, “Galantamin gidrobromidi”, “Kukumazim”, “Tefestrol”, “Albendazol”, “Medamin”, “Panorut”, “Eksumid”, “Fenasal”, “Uchkun” kabi dori vositalari substnatsiyalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda “Aksaritmin”, “Antiaritmin”, “Flateron”, “Sitizin”, “Nitroksolin”, “Ferulen”, kabi dori vositalari substansiyalarini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, dorivor o‘simliklardan quruq va quyuq ekstraktlar, efir moylar va murakkab efirli biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
May oyining oxirgi shanba kuni “Xalqaro kimyogarlar kuni” munosabati bilan institutimiz xodimlarini madaniy xordik chiqarish va sog‘lomlashtirish maqsadida “So‘qoq” dam olish maskaniga bir kunlik safar uyushtirildi.
Bunga Birlashgan Kasaba Uyushmasi Qo‘mitasi tomonidan 105 nafar institut xodimlarini “So‘qoq” dam olish maskaniga olib borib kelish uchun 6 ta “ISUZI” avtobuslari jalb etildi.
Jamoa xodimlarini ko‘ngildagidek xordiq chiqarishlari uchun sizdek yosh kasaba uyushmasi a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayman, - deydi institutimiz direktori texnika fanlari doktori Sh.Sh. Sagdullayev. Bu esa o‘z navbatida biz boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolariga shijoat bag‘ishladi va bayram shukuhiga ko‘tarinkilik bag‘ishlash maqsadida sport turlaridan mini futbol, shaxmat va darts o‘yinlari tashkillashtirildi.