Tehnopark yaratilishi bilan uning rezidentlarini shaharning barcha hududlariga ilmiy, tehnologik va iqtisodiy maqsadlarni hisobga olgan holda joylashtirish ko’zda tutiilgan. Bu erda ilmiy, oquv va ishlab chiqarish faoliyatiga bag’ishlangan innovatsion loyihalar amalga oshiriladi. Tehnopark rivojlanishi orqali uning hududida ilmiy va innavasion ihtirolar qilish imkoniyati paydo bo’ladi, ilmiy laboratoriylar kerakli materiallar bilan taminlanadi, patent va lisenziyalar olinishini engillashtiradi. Tehnopark hududida innovasion loihalarni amalga oshirish ishlari davlat moliya resurslari, ilmiy tashkilotlar va o'quv muassasalari, tadbirkorlar subekti, tijorat banklari, halqaro kridit va grant moliya institutlari, donor mamlakatlar, shu bilan birga venchur fondlari tomonidan moliyalashtiriladi.
«Yashnabod» tehnoparki ilmiy-tadqiqot, tajriba sanoat, kimyo-tehnologiyalari,sohasidagi yangi innovasion mahsulotlarni sinovdan otkazish, biotehnologiya,farmasevtika va tibbiyot biotehnologiyasi, osimliklarni himoya qilish, seysmik chidamlilik, materialshunoslik, metal ishlab chiqarish tehnologiyasi, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati, energiya tejash, energiya manbalariniyangilash, electron olcsov uskunalari, mashina, qurilish, elektrotehnika sohalariga ihtisoslashtiriladi.
Uning ishlash jarayoni 30 yilga moljallangan bolib, keyinchalik imkoniyatlarga qarab uzaytirilishi mumkun. «Yashnabod» tehnoparkining rezidentlari 10 yil muddat bilan tanlov asosida tayinlanadi. Tijorat banklari loihani amalga oshirish uchun 7 yillik muddatning 2 yili uchun imtiyozli kriditlar beradi. U Markaziy bank tomonidan belgilangan hisobdan 50 % ga oshmaydi.
«Yashnabod» tehnoparkining mamuriyati va rizidentlari uning ish faoliyati, loihalarni amalga oshirish davrida er solig'idan,daromad solig'idan yuridik shahslarning mol-mulki solig'idan, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish va obodonlashtirish soligidan, ЕНР, shu bilan birga Vazirlar mahkamasi qoshidagi respublika fondi,Moliya vazirligi qoshidagi beudjetdan tashqari o’quv va tibbiyot muassasalarining moddiy-tehnik bazasini rivojlantirish fondi to’lovlaridan, asbob-uskuna uchun bojhona to’lo’vlaridan ( bojhona tushumidan tashqari ) homashyo, materiallar, reaktivlar, O’zbekiston respublikasida ishlab chiqarilmagan qurilish materiallari, mahsulotlar to’plami to’lo’vidan ozod etiladi.