2017 yil 25 oktyabr kuni O'zbekiston Fanlar akademiyasining Genomikа va Bioinformatika markazida Vageningen universiteti (Niderlandiya) o'simliklar fiziologiyasi laboratoriyasi professori Sander van der Krol ishtirokida seminar bo'lib o'tdi. Professor van der Krol "O'simliklar genlarini manipulyatsiya qilish uchun introndan olingan miRNAlarni ishlab chiqish" va "Hujayra uzayishini nazorat qilishda fitokromlarning o'rni" mavzusida ma'ruzalar o'qidi. Seminarga O'zbekiston Fanlar akademiyasining tegishli muassasalari xodimlari, shuningdek, universitet va institut talabalari jalb etildi.