Professor Abduraxmonov I.Yu. Moskvada bo'lib o'tayotgan Xalqaro ilmiy forumda ma’ruza bilan qatnashdi. Genomika va bioinformatika markazi direktori, professor Abduraxmonov I.Yu. 2017 yil 20-sentabr kuni Moskvada bo'lib o'tayotgan Xalqaro ilmiy forumda " Tola sifati yo’qori va agronomik ko’rsatkichlari takomillashtirilgan o’rta tolali g’o’zaning yo’qori sifatli gen-injenerlik navlari" mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Markaz olimlari tomonidan g’o’za uchun yaratilgan gen-nokaut texnologiyasi bo’yicha tadqiqotlarning natijalari taqdim etildi. Ma’ruza Forum qatnashchilari orasida katta qiziqish uyg’otdi va yoqori baholandi.