5-7 sentyabr kunlari EKOSFning prezidenti Manzur Xusseyn Suomro O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va uning ilmiy-tadqiqot muassasalariga tashrif buyurdi. 5-sentabr kuni EKOSF prezidenti O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Vitse-prezidenti, Genomika va Bioinformatika markazi direktori, professor Ibrohim Yu.Abdurahmonov tomonidan iliq qabul qilindi. U O'simlik moddalari kimyosi instituti direktori professor Shomansur Sagdullayev bilan suhbatlashdi.. Vitse-prezident Abdurahmonov Akademiya tarkibi va ilmiy-tadqiqot institutlari (31 ta tadqiqot institutlari) bilan tanishtirdi.