2017- yil 23-25 avgust kunlari O’zR FA Genomika va bioinformatika markazi rahbari, professor Ibroxim Abduraxmonov Qsashqadaryo viloyatining tumanlariga navbatdagi tashrifini amalga oshirdi. Safar davomida mazkur viloyat bo’ylab keng tarqalgan Porloq-2 hamda Porloq-4 g’o’za navlari ekilgan fermer ho’jaligi rahbarlari bilan uchrashib, muloqotlar o’tkazdi. Kuzatilgan har bir paxta maydonlarida fermer ho’jaliklari rahbarlari Porloq-2 hamda Porloq-4 g’o’za navlarining qurg’oqchilikka chidamli ekanligi va Qashqadaryo viloyatining issiq iqlim sharoitida ham yaxshi rivojlanganligini, boshqa g’o’za navlariga nisbatan xosil elementlarini to’kmaganligini va turli kasalliklarga chidamli ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar. Ushbu g’o’za navlari ekilgan paxta maydonlarini kuzatish natijasida haqiqatdan ham har bir g’o’za tupida hosil elementlari miqdori yuqori darajadaligi avgust oyining mazkur sanlarida esa ularning 60-70% ochilganligini kuzatish mumkun.