Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan "SAG AGRO" MChJning toʻrt nafar hodimlari Markazimizda "Transgenomika va toʻqimalar kulturasi" boʻyicha trening mashgʻulotlarida tinglovchi sifatida qatnashdilar. Mashgʻulotlar davomida ular Markazning eng soʻnggi texnologiyalar asosida faoliyat koʻrsatuvchi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyasida amaliy mashgʻulotlarni oʻtab, oʻsimliklarni in vitro mikroklonal koʻpaytirishning barcha sir-asrorlarini mukammal darajada oʻrgandilar. Shuningdek, ular laboratoriyada amaliy ishlarni bajarish orqali oʻzlarining nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashga erishdilar. Markazning majlislar zalida ularga sertifikatlar topshirish marosimi tantanali ravishda oʻtkazildi.