Markazimiz yosh olimi Ozod To‘rayev mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostidagi “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasida ishtirok etib qaytdi.
Ushbu “Yoshlar poyezdi”da yosh olimlar va mutaxassislar, yosh huquqshunoslar, shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari, tadbirkorlar, sportchilar, psixologlar, ijtimoiy soha, OAV va boshqa soha vakillari ishtirok etishdilar.
Aksiya doirasida barcha ishtirokchilar 13-19 avgust kunlari Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining barcha tuman va shaharlarida bo‘lishdi. Aksiya davomida yoshlar bilan uchrashib, ularni ijtmoiy-siyosiy faolligini oshirish, dahldorlik hissini uyg‘otish maqsadida muloqot qilindi. Yoshlarni qiynayotgan muammo va takliflari o‘rganildi, hamda ularning juda ko‘pchiligi joylarning o‘zida hal etildi.