2017 yil 18-19 avgust kunlari O’zR FA Genomika va bioinformatika markazi rahbari, professor Ibroxim Abduraxmonov Samarqand viloyatining tumanlarida Porloq-1 hamda Porloq-3 g’o’za navlari ekilgan fermer ho’jaliklariga navbatdagi tashrifini amalga oshirdi. Safar davomida fermer ho’jaligi rahbarlari bilan uchrashib, muloqotlar o’tkazdi va g’o’zaning Porloq-1 hamda Porloq-3 navlari Samarqand viloyatining iqlim sharoitida ham yaxshi rivojlanganligini guvohi bo’ldi. Kuzatilgan har bir paxta maydonlarida fermer ho’jaliklari rahbarlari Porloq-1 hamda Porloq-3 g’o’za navlaridan mo’l va sifatli hosil etishtirish maqsadida agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirganliklari, mavjud mineral va mahalliy o’gitlar hamda sug’orish suvidan oqilona foydalanganliklari ayon bo’ldi. Natijada Porloq-1 hamda Porloq-3 go’za navlari ekilgan har bir maydonda g’ozaning hosil elemint ko’rsatkichlari a’lo darajada ekanligi va 18-19 avgust xolatida 70-80% ochilganligi kuzatish mumkun.