2017 yil 16 avgust kuni Sh. Nazarovning “Braconidae oilasiga kiruvchi parazit entomofaglarni xo‘jayin turlari bo‘yicha ixtisoslashganligini tadqiq etish” mavzusidagi semenari tashkil etildi. Bu semenar xozirgi kunda keng tarqalgan g‘o‘zaning ko‘sak ko‘rtiga qarshi kurashishning yangi usullariga qaratilgan bo‘lib, parazit entomofaglarni xo‘jayin turlari va ularni kelib chiqishi hamda sestimatikasiga bag‘ishlandi. Semenar ishtirokchilari tomonidan qator savollar berildi, bu savollarga maruzachi juda qiziqarli va ayni vaqtda dolzarb bo‘lgan muamolarni yechimlari bilan birga o‘z javoblarida aytib o‘tdi.