O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYaSI PREZIDENTI
17.08.2017 yildagi №20-207 sonli BUYRUG‘I.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 15 avgustdagi 903-F-son Farmoyishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va xamjixatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, axoli turar joylari obodonlashtirish, respublikaning barcha xududlarida sanitariya xolatini yaxshilash, hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida va “Xalk bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. ITM, mintaqaviy bo‘lim va korxonalar raxbarlari:
2017 yil avgust oyida barcha muassasalarda obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilinishi munosabati bilan joriy yilning 19-20 avgust kunlari umumxalq xayriya xasharini yukori saviyada o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
2. ITM, mintaqaviy bo‘lim va korxonalar raxbarlari umumxalq xayriya xasharini o‘tkazishda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutsin:
-muassasa xududlaridagi daraxtlarni oqlash va butash;
-muassasa xududlari, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirish, chiqindilarni tashkiliy ravishda to‘plash va aloxida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlash;
-umumxalq xayriya xashari katnashchilarini zaruriy texnik vositalar va anjomlar bilan ta’minlash.
3. Xashar munosabati bilan muassasalarda mexnat qilayotgan ishchn- xizmatchilarning bir kunlik ish xaqi miqdoridagi mablag‘lari O‘zbekiston “Maxalla” xayriya jamg‘armasining respublika boshqaruvi, hamda Qorakalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxar bo‘limi boshqaruvlarining bankdagi xisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi tavsiya qilinsin.
4. Kam ta’minlangan, muxtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatilsin.