2017 yilning 12-13 iyul kunlari O’zR FA Genomika va bioinformatika markazi rahbari birinchi o’rinbosari Zabardast Bo’riev, Surxandaryo viloyatiga navbatdagi xizmat safarini amalga oshirdi, ushbu tashrif davomida Porloq-1 g’o’za navlari ekilgan fermer xo’jaliklarida bo’lib, Angor tumanidagi: Saidnosirxon, Saidmalikxon Angor fermer xo’jaliklari, Denov tumanidagi: Asomov Ali Mirzayevich, Denov bunyodkor-Sharof, Qumqo’rgon tumanidagi: Alimardon Samadov, Eshqobil Xojimurod, Rajab polvon Abdullayev, Muzrobod tumanidagi: Norziyev Vohid, Ramziddin ziyo klass, Muzrobod barakasi, Sho’rchi tumanidagi: Shoydullayev Dilmurod, Abdulaziz Suyun kabi fermer xo’jaligi rahbarlari bilan uchrashib, suhbatlar o’tkazdi va Porloq-1 g’o’za navi Surxandaryo viloyati iqlim sharoitida ham yuqori samaradorlikka ega ekanligini guvohi bo’ldi.
Paxta maydonlaridagi kuzatuv va fermer xo’jaligi rahbarlari bilan suhbatlardan quyidagilar ayon bo’ldiki, “Gen-nakout” texnologiyasi yordamida yaratilgan Porloq-1 navi Surxandaryo viloyatining issiq iqlim sharoitiga moslashuvchanligi ya’ni boshqa g’o’za navlariga nisbatan hosil elementlarini to’kilib ketmasligi, 5-10 kun erta pisharligi va hosildorligi yuqori bo’lishi bilan ajralib turishini kuzatish mumkin.
Ushbu fermer xo’jaligi rahbarlari o’z dala maydonlarida g’o’zaning “Porloq-1” navini bir necha yillardan beri yetishtirib sifatli va yuqori hosil olganliklarini va kelgusi yillarda bundan ham yaxshi samaradorlikka erishishga xarakat qilishlarini takidlashdi.