Markazimiz ilmiy xodimlari R. Axmedov. B. Raxmonov va O. Turaevlar 2017 yil 6 avgust kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyati g'o'za urug'chiligi mutaxassislari va olimlar ishtirokida bo'lib o'tgan g'o'za urug'chiligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etishdi. Seminarni Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari Xolmatov Rustam Qurbonnazarovich olib bordi. Seminarda shuningdek, O'zR FA Akademiklari Abdumavlon Abdullaev, Sayyora Rashidovalar hamda boshqa ko'plab genetik va seleksioner olimlar ishtirok etishib, bugunki kun g'o'za urug'chiligi haqida o'z fikirlarini bildirishdi. Seminar davomida g'o'za urug'chiligi mutaxassislari tomonidan urug'lik g'o'zada aprobasiya o'tkazish , hujjat yuritish tartiblari to'g'risida ma'lumotlar berildi. Markazimiz mutaxassislari R. Axmedov ham yig'ilganlarga g'o'za urug'chiligi sohasidagi ko'p yillik tajribalari asosida g'o'zani yaganalash tartibi. uning ahamiyati haqida so'z yuritdi.
Respublikamiz paxta maydonlarida zamonaviy biotexnologiya usullari yordamida yaratilgan tola sifati yuqori bo'lgan Porloq navlarining ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.
Ilmiy xodimlarimiz Jizzax viloyatida Porloq-1 g'o'za navi ekilgan fermer xo'jaliklarida bo'lib . Porloq-1 g'o'za navini etishtirish bo'yicha fermer xo'jaliklarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar.