Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Yangiliklar/Yangiliklar

Yangiliklar

« Back

28.07.2017 17:00

2017 yilning 24-28 iyul kunlari O’zR FA Genomika va bioinformatika markazi rahbari, professor Ibroxim Yulchievich Abduraxmonov Namangan viloyatining Pop, Chust, To’raqo’rg’on, Namangan, Uychi va Mingbuloq tumanlarida Porloq g’o’za navlari ekilgan fermer ho’jaliklariga navbatdagi tashrifini amalga oshirdi. Ushbu tashrif chog’ida fermer ho’jaligi rahbarlari bilan uchrashib, suhbatlar o’tkazdi va Porloq navlari agrotexnik hususiyatlari to’g’risida tavsiya hamda maslahatlar berdi. Ibroxim Abduraxmonov shuningdek Pop tumanidagi “Uyg’ur Porloq” fermer ho’jaligida ham bo’lib, ho’jalik rahbari Shavkatjon Nosirov bilan suxbatlashdi. Sh. Nosirovning aytishicha, mazkur yilning 10 aprel sanasida 24 gektar maydonga Porloq-3 g’o’za navi urug’lik chigitlarini ekkanligi va 1 iyun holatida har bir tup o’simlikda 5-6 ta hosil elementlari va 1-2 tadan gullar hosil bo’lganligini ta’kidlagan. Sh. Nosirov 25 iyulga kelib viloyatda birinchilardan bo’lib uning dalasida paxta ochila boshlaganligini mamnuniyat bilan gapirdi va davlatga paxta sotish rejasini oshig’i bilan bajarishga shubha qilmayotganligini bildirdi. 

                    

    photo_2017-08-02_16-16-19 photo_2017-08-02_16-16-50


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена