Genomika va bioinformatika markazi direktorining birinchi o`rinbosari b.f.n. Z.T. Buriev hamda markaz xodimi R. Axmedovlar 2017 yilning 26 iyul kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O`rta Chirchiq tumanlarida xizmat safarida bo`lib, ular markazda yaratilgan g`o`zaning yangi Porloq navlari ekib yetishtirilayotgan fermer xo`jaliklarida fermerlar bilan uchrashdilar.
Uchrashuv chog`ida O`rta Chirchiq tumanidagi “Shon sharaf biznes” fermer xo`jaligi raxbari Musaev Dilmurod bilan bo`lib o`tgan suxbatda, u o`z boshchilik qilib kelayotgan fermer xo`jaligida 57,8 ga maydonga Porloq-4 g`o`za navini ekkanligi va xozirgi kunda boshqa mahalliy g`o`za navlariga nisbatan ko`saklar sonining ko`pligi, ob-havo sharoitining keskin isib ketayotganligiga qaramay ko`saklarni o`zida saqlab qolishi xususiyatlaridan mamnun ekanligi haqida aytib berdi.