Respublikamiz paxta maydonlarida zamonaviy biotexnologiya usullari yordamida yaratilgan Porloq navlarining ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Joriy 2017 yilda tegishli rejalarga asosan Porloq-1 navi Sirdaryo viloyatida 4100 gektardan ortiq maydonda yetishtirilmoqda.
B.K. Raxmanov Markaz olimlari tomonidan yaratilgan Porloq-1 g‘o‘za navlarining yetishtirilishini nazorat qilish maqsadida Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
B.K. Raxmanov xizmat safari davomida Sirdaryo viloyati tumanlari kesimida Porloq-1 g‘o‘za navi ekilgan fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurdi va fermerlar bilan muloqotlar olib bordi. O‘z navbatida u Porloq-1 g‘o‘za navini yetishtirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishdi. Xo‘jaliklarda mavjud ijobiy holatlar va muammolarni o‘rgandi, hamda muammo-kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalarni taqdim etdi.