Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Yangiliklar/Yangiliklar

Yangiliklar

« Back

13.05.2017 12:06

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi bazasida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil etilmoqda. Bu haqdagi farmon va tegishli qaror 11 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Qarorga berilgan rasmiy sharhda qayd etilishicha, respublikamizning o‘rmon fondi bir necha davlat tashkilotlari tomonidan boshqarilmoqda. Bu esa o‘rmon fondidan samarali foydalanishda yagona davlat siyosatini yuritish prinsipiga mos tushmaydi.

Bundan tashqari, sohaning moddiy-texnika bazasi jismonan va ma’nan eskirgani va yetarli darajada modernizatsiya qilinmayotgani, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlarini sohaga jalb qilish ishlarining sustligi, ushbu tarmoqda yuqori malakali mutaxassislar yetishmasligi, o‘rmon qonunchiligidagi ayrim me’yorlarning amaliy ahamiyati va ularni amalga oshirish mexanizmi yo‘qligi soha faoliyatini rivojlantirish, o‘rmonlarni ko‘paytirish, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Qabul qilingan hujjatlarga ko‘ra, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi negizida mustaqil O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil qilish yo‘li bilan sohani boshqarish tuzilmasini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Hududlarda o‘rmon fondi ishlarini tashkil etish va boshqarish samaradorligini oshirish, jumladan, o‘rmonlarni ko‘paytirish, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi hamda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati hokimligi ixtiyoridagi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Ohangaron va Burchmulla o‘rmon xo‘jaliklari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi sohasiga ilmiy ishlanmalar, tavsiya va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tuzilmasida Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish nazarda tutilgan.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga ilgari yuklangan vazifalar bilan bir qatorda, yangidan yaratilgan manzarali o‘simliklar navlari ko‘chatlari va ekish materiallarini sertifikatlash va standartlashtirish, ularni yetishtirishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymatli xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ushbu sohaga xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish, o‘rmon xo‘jaligi sohasi tashkilotlarini malakali oliy, o‘rta va kichik bo‘g‘in kadrlari bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha yagona tizimni joriy etishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha vazifalar yuklanmoqda.

O‘rmon xo‘jaligini yaqin istiqbolda yanada rivojlantirish maqsadida tasdiqlangan:

O‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlarini sohaga joriy qilish, moddiy-texnika bazasini yangilash, sohaga xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb etishni yanada kuchaytirish bo‘yicha 2017−2021 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Dasturi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida 2017−2019 yillarda o‘rmonlar maydonlarini kengaytirish (rekonstruksiya qilish), ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklarni yig‘ib olish, chorva mollarini boqish uchun yaylovlar ajratish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar;

2017−2021 yillarda o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan manzarali va mevali daraxtlarning nihol va ko‘chatlarini, jumladan, unabi, limon va yong‘oq yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.

Chora-tadbirlarni ishlab chiqishda yaqin uch yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik hamda xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunda amalga oshirilayotgan ishlarning yakuniy maqsadi sifatida davlat o‘rmon fondi yerlarida, jumladan, dasht va cho‘l hududlarida yangi o‘rmonlarni barpo etish, qishloq xo‘jaligi ekin yerlari atrofida ihota o‘rmonlarini tiklash, respublikada ekologik muhitni yaxshilash bo‘yicha amaliy baza yaratish ishlarini amalga oshirish nazarda tutildi.

Respublikada rejali ravishda pista plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish hisobiga pista yetishtirishni rag‘batlantirish, talab etiladigan miqdorda sifatli pista ko‘chatlarini aholi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash lozimki, pista yetishtirishni ko‘paytirish orqali nafaqat importni qisqartirish va valyutani tejashga, shuningdek, aholining pista mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va pistaning bozordagi narxini pasaytirishga erishiladi.

Qabul qilingan hujjatlar bilan oliy, o‘rta maxsus va professional davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining o‘rmon xo‘jaligi tizimi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan qismini qayta ko‘rib chiqish, professional kasb-hunar kollejlarida kadrlarni tayyorlash, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yangi darsliklar yaratish, o‘rmon xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlaydigan professional kollejlarni malakali, maxsus bilimlarga ega o‘qituvchilar bilan kuchaytirishga e’tibor qaratilgan.

Qabul qilingan hujjatlarda o‘rmon xo‘jaligi tizimi uchun kadr tayyorlaydigan professional kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o‘zlari tanlagan kasb yo‘nalishlari bo‘yicha ishga joylashishda ko‘maklashish va nazoratni kuchaytirish yuzasidan topshiriq berilgan.

O‘quv jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, zarur o‘quv ishlab chiqarish bazasini shakllantirish maqsadida ixtisoslashgan professional kasb-hunar kollejlarini aniq davlat o‘rmon xo‘jaliklariga biriktirish yuzasidan qaror qabul qilingan.


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена