Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Yangiliklar/Yangiliklar

Yangiliklar

« Back

30.06.2017 17:55

                                 14981143796

 

Shuvoq ơsimligini bilsangiz kerak. Qishloq hududlarida u kơp uchraydi. Ammo chorva mollari ham emagani uchun aholi shuvoqni keraksiz ơt, deb hisoblaydi.

   Tabiуatda hech bir narsa besabab уаratilmagan. Bugun ana shu badbơy ơsimlik dunуоda еng zarur va qimmatbaho dorivorga aylandi. Ayrim mamlakatlarda еsa gektarlab shuvoqzorlar barpo еtilуаpti. Sababi, bu ơsimlik bir qancha oğir dardlarga davo еkani aniqlandi. Xususan, Beyjing tibbiyot instituti (Xitoy) professori Yuyu Tu ushbu ơsimlik tarkibidan noyob artemizinin moddasini ajratib oldi. Bu moddani eng xavfli kasalliklardan biri — bezgakni davolashda sinovdan ơtkazdi va qori natijaga erishdi. Shu orqali xastalikni tez va oson, eng muhimi, asoratsiz davoladi. Bu kashfiёti evaziga Yuyu Tu 2015 yilda tibbiyot sohasida xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

Hozir butun dunyoda ushbu tajribani ơrganish va ơzlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Chunki bezgak kasalligidan har yili dunyo bơyicha besh yuz millionga yaqin odam aziyat chekib, ơrtacha uch millioni hayotdan kơz yumarkan. Ularning aksariyati bolalar va homilador ayollardir.
Bu modda bezgakdan tashqari boshqa davosiz dardlarga shifo bơlishi aniqlanmoqda. Artemizinin klinik sinovlarda immun tizimini kuchaytiruvchi, odam sitomegalovirusi, gerpevirus, gepatit V, S, shistosomoz, leyshmani , pshteyn Barr va OIV kabi yuqumli hamda eng asosiysi, saraton kasalligining turli formasida natijalar ijobiy tomonga ơzgargani ma'lum bơldi. Shu sababli dunyoda artemizinin moddasiga bơlgan talab keskin ortib bormoqda.
Ammo artemizinin moddasi shuvoq ơsimligi tarkibida nihoyotda kam (quruq modda hisobida 0,01-1,1 %) miqdorda mavjud. Ustiga-ustak, ơsimlik tarkibidagi artemizinin miqdori va sifati shuvoqning ơsish sharoiti, quyosh nuri tushishi, tuproq va suvning tarkibiga ham boğliq. Shu bois bu homashyoga bơlgan ehtiyojni tơla qondirishning imkoni bơlmayapti.
Muammoning echimi borasida butun dunyo olimlari qatori ơzbekistonlik mutaxassislar ham bosh qotirishmoqda. Natijada, bir qator ijobiy samaraga erishildi. Ơzbekiston Respublikasi Fanlar akademi si Genomika va bioinformatika markazi artemizinin moddasining genini yurtimizda ơstiriladigan asosiy ơsimlik — ğơzaga kơchirib, bu moddani keng kơlamda etishtirishni yơlga qơyish texnologi sini ishlab chiqdi.
— Ğơzada yagona hujayradan somatik embriogenez yordamida tibbiyot uchun qimmatli hisoblangan artemizinin moddasini faol ishlab chiqarish texnologiyasi ustida tadqiqotlar olib bormoqdamiz, — deydi Genomika va bioinformatika markazining ilmiy xodimi, ushbu ixtironing muallifi, yosh olim Baxtiyor ¬RAHMANOV. — Markazimizda artemizinin moddasi biosintezi bơyicha ơsimliklarning genomikasi, metabolomikasi va transkriptomikasi ơrganildi. Maxsus bioinformatik dasturlar yordamida artemizinin sinteziga aloqador genlarga genetik vektor konstruksiyalar tuzilib, agrobakteriyalar yordamida ğơza ơsimligi transformasi qilindi. Ya'ni, artemizinin moddasini ishlab chiqaruvchi genlar biotexnologiya usullari yordamida ğơzaga kiritildi.
Olimning aytishicha, bundan kơzlangan maqsad — ushbu moddani ğơzada ishlab chiqarishni ta'minlashdir. Aynan ğơza ob'ekt sifatida tanlanishiga sabab, yurtimizda ushbu ơsimlik yirik maydonlarda etishtiriladi. Shuningdek, markazda ğơza uchun maxsus somatik embriogenez texnologiyasi yuqori darajada yơlga qơyilgan. Artemizinin moddasining dunyoda qimmatbaholigi va muayyan kasalliklar tarqalgan yurtlarda ushbu modda ham xuddi paxtamiz singari «oltin»ga qiyoslanishi e'tiborga olinsa, ilmiy tadqiqot natijasida birgina manbadan ikki xil «oltin»ni yiğib olish imkoni tuğiladi.
Ilmiy tadqiqot natijasida dalalarda etishtirilayotgan ğơza ơsimligi barglari terilib, xomashyo sifatida farmasevtika sanoatiga yơnaltiriladi. Bundan tashqari, ğơza pishib etilgach, paxta hosillari davlatimiz xirmoniga topshiriladi. Shu tariqa ham xirmonimiz tơladi, ham ilm-fanda mislsiz yutuq — qimmatbaho artemizinin moddasi yurtimiz farmasevtika sanoatidan dunyoga yơl oladi. Demak, eksport salohiyatida katta yuksalish rơy beradi.
Zilola XUDOYBERDIEVA,
«Oila davrasida» muxbiri


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена