Genomika va bioinformatika markazi olimlari professor I.Yu. Abduraxmonov va biologiya fanlari doktori Z.T. Buriyevlar ‘PLoS One’ ilmiy jurnalida «Genome-wide identification and characterization of microRNAs differentially expressed in fibers in a cotton phytochrome A1 RNAi line» nomli maqola chop qildilar. Maqola Fitoxrom A1 RNAi liniya g‘o‘za tolasida mikroRNK larining turli darajadagi ekspressiyasini genom bo‘ylab aniqlash va tavsiflashga bag‘ishlangan. RNAi liniya g‘o‘zalar va ularning ota - ona “Koker 312” genotiplarida multikompleks sekvenslash orqali 61 ta PHYA1 oilasiga mansub bo‘lgan 77 konservativ mikroRNK o‘rganildi.