Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Yangiliklar/Yangiliklar

Yangiliklar

« Back

28.06.2017 15:49

Aql va yurak mushtarak bo‘lsa...
Jurnalimizning 2016 yil
10, 11-sonlarida taniqli yozuvchi Isajon Sultonning «Genetik» romani e’lon qilingan edi. Milliy o‘zligimizning qadim ildizlari, xalqimiz genofondining mustahkam asoslari, jamiyatimizda bugun ro‘y berayotgan ma’naviy uyg‘onishning mohiyati badiiy va ilmiy jihatdan talqin qilingan asarni o‘quvchilar mamnuniyat bilan kutib oldi. Shuningdek, barcha yangi va yaxshi asarlar kabi ushbu roman ham adabiyot muxislarida o‘ziga xos fikru mulohazalar, mushohadalar uyg‘otdi. «Genetik» romanining yozilish tarixini yoritish, asardagi badiiy tilsimlarga kalit topish maqsadida roman muallifi, yozuvchi Isajon Sulton hamda Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, biologiya fanlari doktori Ibrohimjon Abdurahmonovning suhbatini e’tiboringizga havola etyapmiz.
Tahririyat

Isajon Sulton: – Ibrohimjon Yo‘lchiyevich, mana, uzoq suhbatu munozaralarimizdan so‘ng “Genetik” deb nomlangan roman dunyo yuzini ko‘rdi. Endi kitobxonlarimizga ushbu asar yozilishi davomidagi voqealar hamda undagi ba’zi qo‘shimcha sharhtalab o‘rinlarga ham to‘xtalsak bo‘ladi, menimcha. Keling, suhbatimizni asarga turtki bo‘lgan uchrashuvimizdan boshlay qolaylik. Sizning izlanishlaringiz haqida ilk bor menga O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo hayajon bilan so‘zlab bergan edi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, yuzlashish, tanishish nasib qildi.
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Ha, Iqbol aka va bir guruh ijodkorlar bilan birgalikda Samarqandda “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” festivali tadbirlarida qatnashgan edik. Men bir uchrashuvda yoshlarga genetikadagi har doim gapirib yuradiganim – “Tog‘ olmasi shaharga ko‘chirilganida qanday o‘zgargani” hikoyasini aytib berdim. O‘sha mahal Iqbol aka “Bolalarning o‘z tillaridagi hayotiy misolni keltirganingiz juda tushunarli bo‘ldi”, deb qoldilar. Yaqinroq suhbatdan so‘ng: “O‘zbek adabiyotida ham genetika mavzusi bor”, deya, sizning “Boqiy darbadar” romaningizdagi mangulik sirini topgan professor Ziyo obrazini misol qilib keltirdilar. Keyinroq bilsam, sevimli shoirimiz bu mavzuda yangi asar yaratishni taklif qilgan va siz bilan meni, ya’ni yozuvchi bilan olimni uchrashtirishni rejalashtirgan ekan.
Haqiqatan ham, festivalning keyingi bosqichida – dunyoda shoir nomiga qo‘yilgan yagona va noyob Navoiy shahri bag‘ridagi tadbirlar vaqtida bir guruh ijodkorlar qatori siz bilan yuzlashdik. Aytish mumkinki, u uchrashuvlar nafaqat bilimga, yangilikka chanqoq yoshlarni, balki ilm va san’at kishilarini ham yaqinlashtirdi, ijodiy hamkorliklarga yo‘l ochdi. Qolaversa, Qizilqum bo‘ylab sayohatlar mobaynida necha bor cho‘l bag‘riga kirib, uning flora va faunasini kuzatishga imkon topgan olimning ishtiyoqini ham tushunsangiz kerak.
Isajon Sulton: – Qizilqumda ekanimizda mening diqqatimni tortgan narsa – chig‘anoqlar bo‘ldi. Dengiz chig‘anoqlari... Shuningdek, sahro tuzilishi, barxanlaru pasttog‘lar, har yerda to‘satdan qoyatoshlar uchrashi – bularning hammasi u hududda bir mahallar ummon to‘lqin urganidan darak berib turganday taassurot uyg‘otdi. Qolaversa, muazzam tarixiy yodgorlik – Jaraquduqdagi Tosh o‘rmonni ham yodingizga solmoqchiman. Dunyoda bunday noyob tarixiy yodgorliklar barmoq bilan sanarli. Tosh o‘rmon haqida gap ketganida, bundan to‘qqiz million yil avval Qizilqum o‘rnida haqiqatan ham ummon mavj urgani aytiladi. Jaraquduqda akula, skat, turli baliqlar, suvdayu quruqlikda yashay oladigan jonzotlar, timsohlar, dinozavr va pleziozavr qoldiqlari topilgani buning isbotidir. Shuningdek, olimlar chaqmoq yerga kelib urilganida qumning erishidan hosil bo‘ladigan g‘alati durbinsimon narsalar ham topishgan.
Ibrohimjon Abdurahmonov: – Ha, u fanda “fulgurit” deb nomlanadi. Kvars qumlari chaqmoq shiddatida erib, shishaga aylanadi, tevaragidagi qum esa sopol tusini oladi, shu tarzda o‘sha jismlar paydo bo‘ladi. Men ham har qadamda benihoya qadimiy tuproqlar uzra yurganimizni his qilib turdim. Sarmishsoy petrogliflarini aytmaysizmi?
Isajon Sulton: – Sarmishsoy haqida turli fikrlar bor. Shulardan biri: tog‘ o‘sib chiqqanida toshlari yumshoq bo‘lgan, vaqt o‘tishi bilan qota boshlagan. O‘sha mahalda u yerda yashagan kishilar kelib, turli suratlar chizib ketishgan. Petrogliflarning xilma-xilligi va ko‘pligi kishini hayratga soladi. Fan ularning yoshini olti-yetti ming yildan ziyod deb baholaydi. Suratlar sanog‘i esa uch mingdan oshiq.


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена