Buriev Z.T. муаллифлигида " G'o'zadagi MIC-3 gen oilasining molekulyar evolyutsiyasi." monografiya chop etilgan. Kitobda g'o'za томирининг nematodasiga (RKN) qarshi turishda muhim rol o'ynaydigan g'o'za MIC-3 genlar oilasining tuzilishi, funktsiyasi, evolyutsiyasi va transgenomikasi bo'yicha tadqiqot ma'lumotlari keltirilgan. Tadqiqot g'o'zaning diploid va tetraploid turlari genlarining molekulyar evolyutsiyasini yangicha ko'rib chiqishga, zararkunandalarga qarshilik ko'rsatish mexanizmlarini aniqlashtirishga imkon berdi. Tadqiqot natijalaridan g'o'zaning genetik muhandisligida foydalanish to'g'risida ma'lumotlar ham berilgan. Kitob genlarning tuzilishi va evolyutsiyasini, shuningdek o'simliklarning genetik muhandisligini o'rganuvchi mutaxassislar uchun qiziqarli bo'ladi.
Batafsil ma`lumot uchun:
www.morebooks.de