AQShga ilmiy stajirovkada
Joriy yilning 12 avgust kuni Genomika va bioinformatika markazi xodimi biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Mirzakamol Ayubov Innovasion rivojlantirish vazirligi tomonidan yosh olimlarni dunyoning nufuzli ilmiy markazlarida tajribalarini oshirish fondining moliyaviy ko’magida AQShning Alabama qishloq xo’jaligi va mashinasozlik universitetiga ilmiy stajirovkaga yuborildi. Hozirda yosh olim Hantsvil shahrida joylashgan ushbu universitetning Biologiya va atrof muhit fanlari departamentiga qarashli Molekulyar biologiya va bioinformatika laboratoriyasida Dr. Venkatesvara Sripathi boshchiligida amalga oshirilayotgan “Diploid g’oza (Gossypium herbaceum L.) turlari vakillarining abiotic stress omillari ta’siridagi epigenetic o’zgarishlar” loyihasida ishtirok etyapti. Safar davomida zamonaviy asbob-uskunalar bilan ishlash, tadqiqotlarni samarali yakunlash va ilmiy maqolalar chop etish rejalashtirilgan.