Surxondaryo viloyatida Porloq-1 g’o’za navida yuqori hosil kutilmoqda
Genomika va bioinformatika markazi Personallashtirilgan qishloq xo’jaligini o’rganish bo’limi mudiri katta ilmiy xodim M.M. Darmanov va Ishlab chiqarishga tadbiq qilish va tijoratlashtirish bo’limi boshlig’i B.Sh.Nortojievlar 22-26 iyul kunlari Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo’ldi. Safar davomida Surxondaryo viloyatida Porloq-1 g’o’za navi ekilgan fermer xo’jaliklariga borib, ushbu g’o’za navi parvarishlash jarayonlari bilan tanishdi. Fermer xo’jaliklari rahbarlari tamonidan berilgan savollarga yetarlicha javoblar berildi. Shu bilan birga olimlarimiz tamonidan markazda yaratilgan Porloq-1 g’o’za navini yetishtirish bo’yicha karakli tavsiyalar berildi.
Shuni alohida aytish joyizki, Surxondaryo viloyatida havo xarorati har yilgiga nisbatan ancha yuqori bo’lganligiga qaramasdan, bugungi kunda Porloq-1 g’o’za navida har bir tupida o’rtacha 15-20 donagacha pishib yetilgan ko’saklar mavjud. Bundan fermerlar juda mamnun va ishonch bilan yuqori hosil olishni rejalashtirigan. Qumqurg’on tumanidagi “Munchoqtepa istiqboli” fermer xo’jaligi rahbari Ismailova Marziya opaning takidlashicha, agarda shu bugungi kungacha yetilgan ko’saklardan 45 ts dan yuqori hosil olish imkoni mavjudligini aytib o’tdi.