O‘z R FA Genomika va bioinformatika markazi ilmiy xodimlari M.M Darmanov, R.R. Axmedovlar 10 iyun kuni Toshkent viloyatida Porloq g’o’za navlari ekilgan fermer xo‘jaliklariga borib, fermer xo‘jalik rahbarlari bilan uchrashib, Porloq g‘o‘za navlari agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish to‘g’risida kerakli tavsiyalar berildi. Bulardan tashqari joylarda seminarlar tashkil qilinib, Porloq g‘o‘za navlari agrotexnik tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish hosilni erta pishishiga va yuqori hosil olishga zamin yaratishini ta’kidlab o‘tildi. Shuni alohida takidlab o’tish joizki O’rta Chirchiq tumanidagi “Madonis” fermer ho’jaligida ekilgan Porloq-4 g’o’za navi 10 Iyunda gullay boshladi. Bu porloq navlari erta gullashga kirishidan dalolatdir.