O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limida “Porloq-2” g‘o‘za navi elita urug‘chilik markazi ochildi.
Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori Bo‘riyev Zabardast Tojiboyevich shu yilning 26-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limida “Porloq-2” g‘o‘za navi elita urug‘chilik markazining ochilish marosimida ishtirok etib qaytdi.
Z.T.Bo‘riyev ochilish marosimida so‘zga chiqib Navoiy viloyati Karmana, Navbahor, Qiziltepa va Xatirchi tumanlaridan tashrif buyurgan ilg‘or fermerlar hamda “Navbahor tekstil” va “Baxt tekstil” klasterlari vakillariga “Porloq-2” navi xususiyatlari, uni etishtirish agrotexnologiyalari borasida tavsiyalar berdi.
Elita urug‘chilik markazi Karmana tumani “Lochin” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan bo‘lib, xo‘jalikning 31,4 gektar maydonida Genomika va bioinformatika markazida yaratilgan “Porloq-2” g‘o‘za navining elita avlodi ekilgan.