TATUda yangi fakultet
Belarus Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga tashrifi doirasida Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida Axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab qo‘shma fakultetga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha abituriyentlar qabul qilinadi:
- axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti;
- mobil tizimlarini dasturlash;
- sun’iy intellekt.
Qo‘shma fakultetni bitirgan talabalar O‘zbekiston va Bularussiya diplomlarini olishadi. Imzolangan shartnoma ko‘ptomonlama hamkorlikni rivojlanishiga, Belarussiya va O‘zbekiston halqlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Batafsil ma`lumot uchun:
www.uza.