2018 yil 28 avgustda Genomika va bioinformatika markazining yosh olimlar kengashi yoshlarimiz uchun O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuniga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda akademik A.Abdukarimov, biologiya fanlari doktori A.Adilova, direktorning birinchi o`rinbosari, biologiya fanlari doktori Z.Buriyev va boshqalar ishtirok etdishdi. A. Abdukarimov va Z.Buriyev ilm-fan, yoshlar va butun Respublikamiz uchun mustaqillikning naqadar ahamiyatli ekanlagini gapirib o’tishdi. Shuningdek, yoshlarimiz jamiyatning eng faol qismi ekanligini, ularga yangi bilimlarni kiritish, shart-sharoit yaratish va ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish zarur ekanligi haqida alohida belgilandi. Uchrashuvda O.To'raev so'zga chiqib, davlatning ilm-fanni rivojlantirish, olimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va yosh avlodni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qonun va farmoishlar haqida gapirdi. Shuningdek, tabrik so'zlari bilan Sh. Shermatov, M. Ayubov, M. Darmonov ham chiqishdi. Uchrashuv yakunida markaz YOK raisi H.Abdiraimova yosh olimlar bir-birlarini qo'llab-quvvatlashi, tajribali xodimlar yoshlarimizga nafaqat ilmiy tadqiqot olib borishda balki konferentsiyalarda ham faol ishtirok etishda ko’maklashishi kerak ekanligini ta'kidladi va yoshlarimizga kelgusi izlanishlarida g’ayrat va omad tiladi.