Belarus Respublikasi delegatsiyasining Genomik va Bioinformatika markaziga tashrifi.
2018 yil 14 sentyabrda Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi raisi A. Shumilin boshchiligidagi delegatsiya Genomik va Bioinformatika Markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarga Markazda O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, Genomik va bioinformatika markazining direktori, akademik Ibrohim Abdurahmonov va Markaz direktorining birinchi o'rinbosari, doktor Zabardast Buriev hamrohlik qilishdi. Mehmonlarga Markaz tuzilishi, laboratoriyalar va ilg'or ishlanmalar taqdim etildi. Bundan tashqari, mehmonlar Markaz olimlari sinovdan o'tkazilgan maxsus urugchilik xo’jaligi bilan ham tanishishdi. Belarus delegatsiyasi Markaz olimlarining genomik va o'simlik biotexnologiyalari sohasida erishgan yutuqlarini yuqori baholadi va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish zarurligi ta'kidlandi. Delegatsiya azolari ikki tomon birgalikda bir qancha yirik ilmiy loyihalarni tayyorlay olishi mumkinligiga va kelajakda bu ikki mamlakat uchun foydali bo'llishiga ishonch bildirdi.