2018 yil 26-27 iyul kunlari O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va Bioinformatika markazida O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining monitoring komissiyasi tomonidan Qishloq xo'jaligi yo'nalishi bo'yicha fundamental, amaliy, innovatsion va yoshlаr davlat ilmiy-texnik loyihalari rahbarlarining ma'ruzalari tinglandi. Genomika va Bioinformatika Markazining 11 loyihasi, Mikrobiologiya institutining 1 ta loyihasi, Genetika va eksperimental o'simlik biologiyasi institutining 15 ta loyihasi va Bioorganik kimyo institutining 2 ta loyihasi ko'rib chiqildi. Monitoring davomida mavjud muammolar ham muhokama qilindi va loyiha rahbarlariga tavsiyalar berildi.