Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Home/Yangiliklar/Yangiliklar!

Yangiliklar!

« Back

23.07.2018 11:31

Ulug'bek shaharchasi olimlar shaharchasi bo'ladi


Prezident Shavkat Mirziyoev bugun, 20 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Energiya hosil qiluvchi quvvatlarni ko'paytirish, energetika sohasini diversifikatsiya qilish maqsadida mamlakatimizda atom energiya stantsiyasi qurishga kirishildi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan bu vazifani amalga oshirish uchun zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan mutaxassislar talab etiladi. Shu bois Toshkentda Moskva muhandislik-fizika instituti filialini ochish mo'ljallanmoqda. Ushbu ta'lim muassasasini Yadro fizikasi instituti hududida joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev shu boradagi loyihalar bilan tanishdi. O'quv binolari va laboratoriyalarni jahon standartlari asosida qurish, eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash zarurligini ta'kidladi.

Ma'lumki, Yadro fizikasi instituti poytaxtimizning Ulug'bek shaharchasida joylashgan. Davlatimiz rahbari ushbu shaharchaning Bosh rejasini ishlab chiqish bo'yicha topshiriq berdi.

«Bu shaharcha olimlar shaharchasi bo'lishi kerak. Yaqin vaqtlarda bu erga boshqa ilmiy-tadqiqot institutlarini ham ko'chiramiz. Olimlar uchun, ilm-fan rivoji uchun hamma sharoitlarni yaratib beramiz», — dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezident shaharcha hududini kengaytirib, institutlar uchun binolar, yangi uy-joylar, maktab va dam olish maskanlari qurish, shahar markazi bilan transport qatnovini yaxshilash, er usti metrosi olib kelish zarurligini ta'kidladi.


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена