O'zbek akademigining ikkita monografiyasi Yevropada chop etildi.
Yaqinda akademik Ibrohim Abdurahmonovning “Genotyping” (“Genotiplash”) hamda “Bioinformatics in the Era of Post Genomics and Big Data” (“Postgenomika va yirik ma'lumotlar davrida bioinformatika”) kitoblari Buyuk Britaniyaning mashhur “IntechOpen” nashriyotida chop etildi. Bu O'zbekiston Fanlar akademiyasiga yangi saylangan akademiklarning “Yo'l xaritasi”da belgilangan vazifalar asosida amalga oshirildi. “Genotiplash” organizmdagi genotiplash jarayonining asoslari, shuningdek, yangi turdagi, arzon narxlardagi genotiplash vositalari, genotip ma'lumotlar va dasturlari bilan tanishtirsa, “Postgenomika va yirik ma'lumotlar davrida bioinformatika” kitobi esa bioinformatika fanining so'nggi yutuqlari haqida ma'lumot beradi. Ushbu monografiyalarning Yevropada nashr etilishi o'zbek ilm-fanining jahonda o'z o'rniga ega bo'lib borayotganini tasdiqlaydi.
Batafsil ma`lumot uchun:
xs.uz