2018 yil 18 iyun kuni O'zR FA Genomika va bioinformatika markazida O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti va O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.29.08.2017.V.53.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda O'zR FA Genomika va bioinformatika kichik ilmiy xodimi Ruziboev Xaydarali Sobirjonovichning “RNK interferentsiya texnologiyasi asosida yangi biotexnologik g'o'za navlari yaratish” mavzusidagi 03.00.14 - genomika, proteomika va bioinformatika ixtisosligi bo'yicha (biologiya fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishining muhokamasi bo'lib o'tdi. Ruziboyev H.S. tadqiqotning maqsad, vazifalari, uslublari va natijalari haqida batafsil ma'lumot berdi. Dissertatsiya ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining veb-saytida muhofaza qilinish va nashr etish uchun qabul qilinadi.