Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Yangiliklar/Yangiliklar

Yangiliklar

« Back

18.06.2018 14:47

              Genomika va bioinformatika markazi olimlarining Farg'ona viloyati Quva tumaniga tashrifi.
Ona tabiat insonlarga qanchadan-qancha shifobaxsh ne'matlarni in'om etgan. Shulardan biri anor bo'lib, u tuzilishi va tarkibi jihatdan shunchalar noyobki, ildizidan tortib to bargining uchigacha shifobaxsh hisoblanadi. Ushbu daraxtsimon buta Markaziy Osiyo mamlakatlarida qariyib 2000 yildan buyon ekilib kelinadi. Yurtimizning tuproq-iqlim sharoiti anorni o'stirishga qulay bo'lganligi sababli Markaziy Osiyodagi anorzorlarning 25 % dan ko'prog'i O'zbekistonda joylashgan. Xususan, Fag'ona vodiysining Quva tumani butun dunyoga o'zining sershira, shirin, nordon-shirin sarxil anori bilan tanilgan. Aslida ham anorchilik maktabi ilk bor Quvada tashkil etilib, butun Osiyoda tajriba sifatida o'rganilgan. Bugungi kunda bozorlarimiz rastalaridagi anor respublikamizning turli hududlaridan keltirilayotgan bo'lsada, ularning ilk ildizlari Quva adirlariga borib taqaladi.
Yurtimizda genom texnologiyalari bo'yicha etakchi bo'lgan Genomika va bioinformatika markazi olimlari, direktorning birinchi o'rinbosari biologiya fanlari doktori Zabardast Bo'riev, Transgenomika va to'qimalar kulturasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi Xurshida Ubaydullaeva hamda Markerlarga asoslangan selektsiya laboratoriyasi tadqiqotchisi, biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Muxtor Darmonovlar 13-14 iyun kunlari Farg'ona vodiysiga tashrif buyurishdi. Olimlar ilmiy safar davomida Quva tumanidagi “Farg'ona anorchilik” agrofirmasiga tashrif buyurib, Mastura Sayfuddinova bilan uchrashishdi. Markaz olimlari xo'jalikda etishtirilayotgan 15 xil anor navlarining molekulyar-genetik pasportini yaratish hamda anor ko'chatlarini “In vitro” usulida mikroklonal ko'paytirish borasida kelishib olindi.
Shuningdek, olimlar va Farg'ona dalat universiteti rektori Maksudov Ravshan Xasanovich o'rtasida universitetda “Anorchilik” kafedrasini ochish borasida davra suhbati bo'lib o'tdi.

111

222  333

 

 


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена