2018 yil 6 iyun kuni Genomika va Bioinformatika Markazida gulchilikda innovatsion texnologiyalardan foydalanish va o'zaro manfaatli xamkorlik o'rnatish bo'yicha Gulchilik Namangan Markazi vakillari bilan muzokaralar bo'lib o'tdi. Muzokaralar davomida O'zbekiston Respublikasi gulchilik soxaning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini joriy etish va xamkorlik yo'llari xolati muxokama qilindi. Bu uchrashuvda gulchilik soxasidagi xamkorlik to'g'risida Memorandum imzolanish to'g'risida kelishib olindi. 2015 yilda gullarni umumiy jaxon aylanmasi 36.8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, deb takidlash lozim va bu dunyo qishloq xo'jaligi yalpi tovar ayirboshlash xajmining 0.8% teng bo'ladi. Markazda ushbu yo'nalishining rivojlanishi shubxasiz kelajakka umid bag'ishlaydi.