Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Yangiliklar/Yangiliklar

Yangiliklar

« Back

15.02.2018 17:54

                                                    1 [3] 

2018 yilning 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi rahbari akademik Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich akademiklarning yo‘l xaritasi doirasida Sirdaryo viloyati Guliston tumanida joylashgan 5-sonli umum ta’lim maktabiga tashrif buyurib maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida u o‘zining tarixi va hayotda qanday qilib muvaffaqiyatga erishganligi haqida so‘zlab berdi. U o‘zining bolalik chog‘larini va deyarli barcha vaqtini kitob o‘qish bilan o‘tkazganligi va yangi bilimlarga ega bo‘lishga sarf qilganligini, olimpiadalarda faol ishtirok etganligini va maqsadiga erishish yo‘lida oxirigacha kurashganligini aytib berdi. Ibrohim Yulchiyevich yoshlarimiz rivojlinishi uchun O‘zbekistonda barcha imkoniyatlar mavjud ekanligini, inson o‘ziga ishonsa uning oldida hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligini va shuning uchun o‘quvchilar yaxshi o‘qishi kerakligini belgilab o‘tdi. Shuningdek u maktab o‘quvchilarini O‘zbekiston yosh olimlari yutuqlarini jonli misolda ko‘rish uchun ularni Genomika va bioinformatika markaziga tashrif buyurishni taklif qildi. Shu kunning o‘zida akademik I. Abdurahmonov Guliston Davlat Universitetining Akademik litseyiga tashrif buyurib, u yerda ushbu litsey o‘quvchilari bilan uchrashdi. U O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazining faoliyati, innovatsion ishlanmalari va zamonaviy “gen-nokaut” texnologiyasidan foydalangan holda olingan “Porloq” g‘o‘za navlari haqida gapirib o‘tdi. Akademik I. Abdurahmonov o‘quvchilarga oqim bo‘yicha yurmasdan balki tashabbuskorlik va qat’iyatlik bilan rivojlanishga intilish kerakligini va shunda hayotda ko‘p narsaga erishish mumkinligini aytdi. Uchrashuvlar yakunida akademik I. Abdurahmonov suhbatda faol ishtirok etgan va o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan savollarni bergan 5-sonli maktab va litsey o‘quvchilariga esdalik sovg‘alarini topshirdi. O‘quvchilar bilan o‘tgan uchrashuvdan so‘ng akademik I. Abdurahmonov Guliston Davlat Universitetining biolaboratoriyasiga tashrif buyurib ularga laboratoriyaning faoliyatini samarali tashkil etish uchun  maslahatlar berdi va pedagoglarni qisqa vaqtli trening o‘tish uchun Genomika va bioinformatika markaziga taklif qildi.

4 [1] 3


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена