2018 yilning 11 Yanvar kuni Genomika va Biyoinformatika markazi Ilmiy Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda direktorning birinchi o'rinbosari Bo'riev Z.T. «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22.12.2017 yil Oliy Majlisga Murojaatnomasi” haqida gapirdi.
Ilmiy kotib Shermatov Sh.E Murojaatnoma bilan markaz xodimlarini tanishtirdi. Murojaatnomada bayon etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, imtiyozli uy-joylar qurish, ijtimoiy va madaniy-gumanitar sohalarni, ta’lim muassasalarini va qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, hamda 2018-yil «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash» yili deb e’lon qilinganligi haqida aytib o’tdilar.
Bundan tashqari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimi takomillashtirilganligi, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanganligi, tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar faoliyati tiklanganligi haqida alohida ta’kidlab o’tdildi. Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasida saylov o‘tkazilib unda o‘zining ilmiy ishlari bilan mamlakatimiz va xalqaro miqyosda nom qozongan iste’dodli olimlar akademik degan yuksak sharafga sazovor bo‘ldilar. Endi Fanlar akademiyasidan yangi ilmiy ishlanmalar va istiqbolli tadqiqotlar yaratilishi kutilmoqda.
Muhokamada akademik. Abdukarimov A., biologiya fanlari doktori. Buriev Z.T., Kushanov F.N. va markaz xodimlari faol ishtirok etishdi. Majlis yakunida markazda yaratilgan innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni jadallashtirish bo’yicha qaror qabul qilindi.