O'zbekiston o'zining Xalqaro paxta birjasini tashkil etish niyatida
O'zbekiston paxta tolasi bo'yicha elektron savdolar uchun o'zining ixtisoslashtirilgan maydonchasini yaratishni rejalashtirmoqda.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Loyihalarni boshqarish milliy agentligiga Iqtisodiyot vazirligi va «O'zpaxtasanoat» bilan birgalikda 2018 yilning 1 fevraligacha bunday maydonchani tashkil etish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish vazifasini topshirdi. Uning asosiy vazifalaridan biri - nafaqat mahalliy paxtani sotish, balki boshqa mamlakatlar, ayniqsa, qo'shni davlatlardan paxta sotuvchilarni jalb qilishdir.
Batafsil ma`lumot uchun:
www.kun.uz